Sogʻlom turmush tarzi – farovon hayot asosi
Prezidentimizning “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Kimyogarlar kuni munosabati bilan “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda Jamoat tashkilotlari hamda Kasaba uyushma qoʻmitasi bilan hamkorlikda shaxmat boʻyicha sport musobaqasi oʻtkazildi. Barcha sekh va boʻlimlardan 17 nafar ishtirokchi qatnashishdi. Musobaqa tom maʼnoda shaxmat bayramiga aylandi.
- Oʻtkazilayotgan aql charxi musobaqasi ishchi-xodimlarimizda katta qiziqish uygʻotmoqda, - deydi Bosh direktorning davlat tili va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha maslahatchisi Baxtiyor Mamatov. – Bu kabi sport musobaqalari Prezidentimizning qarori ijrosini taʼminlash, qolaversa, ishchi-xodimlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish va shaxmatning ommaviyligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Bir-biridan kuchli ishtirokchilarning aql-idrok bahsi yakuniga koʻra, Texnik xizmat koʻrsatish boʻlimi xodimi Fayzullayev Baxodir 1-oʻrinni, Innovatsion texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻlimi xodimi Li Sergey 2-oʻrinni, Fizika mexanika va kimyoviy tahlil laboratoriyasi xodimi Nurmuxammedov Murodjon esa 3-oʻrinni egallashdi.
Gʻolib va sovrindorlar Kimyogarlar kuni bayrami tantanasida taqdirlanishadi.