Komplaens (inglizcha compliance - rozilik, muvofiqlik) so'rov yoki ko'rsatmalarga muvofiq harakatni anglatadi. Har qanday ichki yoki tashqi talablar yoki me'yorlarga muvofiqligini anglatadi.
«Birinchi Rezinotexnika Zavodi» MCHJ да korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi prinsiplari va elementlariga, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish va ishchilar tomonidan amaldagi xalqaro korrupsiyaga qarshi qonun hujjatlari va O'zbekiston Respublikasi korruptsiyaga qarshi qonun hujjatlari normalariga rioya etishga qaratilgan chora-tadbirlarga asoslangan korrupsiyaga qarshi kurash siyosati va komplaens sohasida Kodeks qabul qilindi. Zavod o'z faoliyatini amaldagi qonunchilikka muvofiq, halol, malakali va ochiq tarzda amalga oshirishga intiladi.