BIZ BILAN ISHLASH – SIZNING MUNOSIB VA BARQAROR KELAJAGINGIZDIR!

«Birinchi rezinotexnika zavodi» zamonaviy shina korxonasi - O'zbekistonda avtomobil shinalarini ishlab chiqaruvchi birinchi va yagona hamda Markaziy Osiyoda konveyer tasmalarini ishlab chiqaruvchi yirik korxona hisoblanadi.

Korxona yuqori texnologik va avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishga ega, bu esa o'z xodimlariga munosib, barqaror kelajak, kasbiy o'sish va rivojlanish uchun noyob imkoniyatlarni ochib beradi.

Biz bilan siz kasbiy rivojlanish, malaka oshirish va korxona rivojlanishiga hissa qo'shish imkoniyatiga egasiz. Hozirda bizning jamoamizda 1000 dan ortiq turli profildagi mutaxassislar mavjud!

2023-yildan boshlab BRZ Tatneft guruhining shinalar divizioniga kriritilib, Rossiyadagi «Ikon Tyres» va Qozog'istondagi «Tengri Tyres» va «Birinchi rezinotexnika zavodi» kabi uchta korxonalarni birlashtirdi.

Bo'sh ish o'rinlari
BIRINCHI REZINOTEXNIKA ZAVODI – BU:

Toshkent viloyati, Angren shahrida joylashgan

6 yildan ziyod tarixga ega

Yangi uskunalar va ishlab
chiqarish jarayonlarining
avtomatlashtirilganligi

xil turli mutaxassislikdagi xodimlar

Uzluksiz ishlab chiqarish

Avtomobil shinalarining
yillik ishlab chiqarish quvvati

pogon metr yillik konveyer tasmalari

NEGA BIZNI TANLASHADI?

Rivojlanish

Kompaniyamiz o'z xodimlariga rivojlanish va kasbiy o'sish uchun yaxshi imkoniyatlarni taklif etadi. Siz uchun qiziqarli vazifalar tayyorlangan bo'lib, ular orqali siz o'z qobiliyatingizni namoyon etishingiz, shuningdek yangi bilim va tajribaga ega bo'lishingiz mumkin.

Bundan tashqari, siz xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lasiz, bu esa xodimlar uchun o'z malakasini oshirish va boshqa mamlakatlardagi hamkasblari bilan tajriba almashish imkoniyatlarini ochadi.

Biz o'z xodimlarimizni qadrlaymiz va ularning rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga intilamiz. Bizning kompaniyamizda siz o'z tajribangizni oshirish va yanada qimmatli mutaxassis bo'lish uchun o'qish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Yuqori texnologiyali ishlab chiqarish

Korxonamiz Yevropaning zamonaviy uskunalari bilan jihozlangan. Biz mijozlarimizga sifatli mahsulotni taqdim etish uchun texnologik jarayonlarimizni doimiy ravishda takomillashtirib boramiz.

Laboratoriyamizda noyob sinovlar o'tkazilish imkoniyatlari mavjud, sanoat bo'limida esa yetakchi mutaxassislar to'plangan.

Korxonamizda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishning yuqori darajaga qo’yilganligi, ish samaradorligini oshirish imkonini bermoqda.

Barqarorlik

Biz O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashtirishni ta'minlaymiz, bu esa ish beruvchining ham, xodimning ham barcha huquq va majburiyatlariga rioya etilishini kafolatlaydi.

Biz o'z xodimlarimizga o'z vaqtida munosib ish haqi berishni taklif etamiz. Bundan tashqari, biz xodimlarimizni belgilangan maqsadlarga erishganliklari uchun rag'batlantiramiz.

Yil yakunlari boʻyicha eng yaxshi xodimlar turli mukofotlarga sazovor boʻladi, bu esa ularning kasbiy oʻsishi va rivojlanishi uchun qoʻshimcha ragʻbatdir.

Qulay shart-sharoitlar

Biz xodimlarimiz uchun qulay ish muhitini yaratishga intilamiz. Korxonaning toza va ko'kalamzor hududida o'z qo'li bilan ekilgan meva daraxtlari va gullar, qulay ofis - bularning barchasi samarali ish va yaxshi kayfiyatni ta'minlaydi.

Xodimlarning qulayligi uchun biz yaqin shaharlardan korhonaga va uyiga qadar kunlik transportni tashkil qilganmiz. Qulay rejali ish oila a'zolari va yaqinlari bilan ko'proq vaqt o'tkazishga imkon beradi.

Jamoaviy hamkorlik

Bizning korxonamizda jamoaviy hamkorlik yuqori baholanadi. Biz ishonamizki, faqatgina birgalikdagi sa'y-harakatlar orqali ajoyib natijalarga erishish mumkin. Jamoaviy ishda siz nafaqat o'z salohiyatingizni to'la anglay olasiz, balki hamkasblaringizning qo'llab-quvvatlashiga va ularning tajribasi va bilimlariga ega bo'lasiz.

OFIS

Ofisda ishlash - bu barcha bo'limlarda, ya’ni yetkazib berish, xodimlar bilan ishlash, axborot texnologiyalari, savdo va marketing, moliya va yuridik bo'limlarida ishlash demakdir.

Agar siz mas'uliyatli bo'lsangiz, barqaror va xalqaro kompaniyada ishlashni xohlasangiz, bizning jamoamizga qo'shiling!

ISHLAB CHIQARISH

Bizning maqsadimiz - yuqori sifatli texnologik shinalarni ishlab chiqarishni ta'minlashdir. Ishlab chiqarish avtomatlashtirish va energiya samaradorligi bo'yicha barcha zamonaviy texnologik talablarga javob beradi.
Korxonada ishlab chiqarish bo'limi, muhandislik-texnika bo'limi va sifat bo'limi xodimlari ishlaydi.
Sanoatlashtirish bo'limi yangi ishlab chiqarish jarayonlarini joriy etish va joriy texnologik jarayonlarni takomillashtirish hamda yangi shina liniyalarini ishga tushirish uchun javobgardir. Shuningdek, bo'lim xodimlari tayyor mahsulotlarni laboratoriya sinovlari va ishlab chiqarishda ishlatiladigan materiallarni tadqig’i bilan shug’ullanadilar. Korhona 12 soatdan iborat bo'lgan ikki smenada kecha-kunduz ishlaydi va ishlab chiqarish uzluksizligini, hamda barcha bosqichlarda xavfsizlikni ta'minlaydi.
Ishlab chiqaruvchi xodimlarimiz maxsus himoya vositalarini oladilar, ishlab chiqarish bo'yicha o'quv va murabbiylik tizimi esa yangi xodimlarga tezroq moslashishga va keyinchalik o'z kasbiy ko'nikmalarini oshirishga yordam beradi.

BIZNING VAKANSIYALAR

Rezyumengizni quyidagi manzil bo’yicha kutib qolamiz: resume@brz.uz

Aloqa uchun telefon raqami: +998954503839 yoki Telegram https://t.me/Recruitment_BRZ

Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz:

Sizni jamoamizda koʻrishdan xursand boʻlamiz!

Bo'sh ish o'rinlari
Bo'sh ish o'rinlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech