Zavod ishchilari intellektual va qiziqarli o‘yinda bellashdilar
“Zakovat” intellektual o‘yini “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ jamoasi o‘rtasida yaxshi an’anaga va eng ommabop intellektual o‘yinlardan biriga aylangan. Kasb bayrami – “Kimyogarlar kuni” arafasida ma’muriyat kasaba uyushma qo‘mitasi bilan hamkorlikda qator tadbirlar o‘tkazmoqda. Ulardan biri “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib, u allaqachon ko‘plab zavod ishchilari mehrini qozongan.
Bu safargi o‘yinda korxonaning turli bo‘limlaridan 6 ta jamoa qatnashdi.
O‘yin boshlanishidan oldin yoshlar harakati yetakchisi F.Matasimov va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha maslahatchisi B.Mamatovlar so‘zga chiqdilar. Ishchi xodimlarni yaqinlashib kelayotgan kasb bayrami bilan tabriklab, “Zakovat” o‘yinida ularga zafarlar tilab qolishdi.
O'yin 2 turdan, har bir tur 10 ta savoldan iborat bo'ldi. Keyin matnli savollarning bosqichlari bo‘lib o‘tdi. Barcha savollar "Ilmlar malikasi" - kimyoga bag'ishlandi. Ko‘rik-tanlov boshlovchilari Sh.Mirzaahmedov va O.Mo‘minovlar. O‘yin davom etar ekan, topshiriqlar qiyinligi sezildi.
“Zakovat” intellektual o‘yinida umumiy ballar bo‘yicha birinchi o‘rinni ICHT (ishlab chiqarish-texnik bo‘limi) va omolagatsiya xizmatlari birlashgan jamoasi, ikkinchi o‘rinni energetiklar, uchinchi o‘rinni MMB (muhandislik mahsulotlarini boshqarish) va 102 sekhi (avtomobil shinalari ishlab chiqarish) tomonidan egallandi.