Materiallarni mahalliylashtirish boʻyicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda
“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJning Fizika-mexanika sinov va kimyoviy tahlil laboratoriyasi xodimlarining malakasini oshirish maqsadida “Oʻlchashlar noaniqligini baholash, sinov usullarini verifikatlash va validatlash” boʻyicha malaka oshirish kurslarida oʻqitilmoqda.
Fizika mexanika sinov va kimyoviy tahlil laboratoriyasi sinovlarni amalga oshirish uchun “Oʻzbekiston” akkreditatsiya markazi” DUK tomonidan Oʻz DST ISO/IYEK 17025:2019 standart talablariga muvofiq baholangan va akkreditatsiya qilingan.
Hozirgi kunda Fizika mexanika sinov va kimyoviy tahlil laboratoriyasi Muhandislik mahsulotlari boshqarmasi bilan birgalikda ishlab chiqarilayotgan avtoulov shinalari hamda konveyer lentalarining koʻlamini kengaytirish, xom ashyolarning yaroqliligini tekshirish maqsadida yangi retseptlar ustida ishlar olib bormoqda. Bundan tashqari, importdan keltirilayotgan xomashyo va materiallarni mahalliylashtirish boʻyicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Bundan koʻzlangan maqsad mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilayotgan kimyoviy xomashyolarni ishlab chiqarishni tadbiq etish uchun kimyoviy tahlillari hamda fizik-mexanik sinovlari standart talablari boʻyicha tekshirilmoqda.