Hamkorlik ufqlarini kengaytirish

2021 yil 3 iyun kuni "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJ rahbariyati va “Telko Solution” vakillari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. 110 yildan ortiq tajribaga ega bo'lgan “Telko Solution” butun dunyo bo'ylab ko'plab sanoat tarmoqlari ehtiyojlariga xizmat ko'rsatadigan plastik, kimyoviy va moylash materiallarining taniqli distribyutoridir.

Uchrashuv davomida tomonlar kompaniyalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning keng doirasini muhokama qildilar, xalqaro bozorda xom-ashyo va materiallarni xarid qilish va tarqatish algoritmlari bilan bog'liq vaziyat to'g'risida fikr almashdilar. Zavod faoliyati uchun sanoat kimyo va kimyoviy tezlatgichlarni yetkazib berish sohasida qo'shma hamkorlik masalasi ko'rib chiqildi.

"Telko Solution" MChJ biznes direktori S.Kireyevning ta'kidlashicha, “Telko Solution” ishonchli va barqaror xom - ashyo tarqatish xizmatlarini taqdim etish bilan birgalikda, logistika, mahsulot ishlab chiqarish va xom - ashyoni ishlatishda keng ko'lamli yordam va qo'llab-quvvatlaydi, shuningdek, to'g'ri mahsulotlarni tanlashda kengaytirilgan texnik ko'mak beradi va ishlab chiqarish jarayonlari va texnik muammolar uchun to'g'ri yechimlarni topishda yordam beradi.

Uchrashuv yakunida “BRZ” MChJ Bosh direktori G’.Ibragimov chet ellik mehmonlarga e'tiborlari uchun minnatdorlik bildirdi va kelgusida samarali hamkorlik qilishlariga umid bildirdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech