Korrupsiya to'g'risida xabar qilganlar endi taqdirlanadi
Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda keng imkoniyatlardan foydalanilmoqda.
"Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJda ham korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha ichki me'yoriy xujjatlar asosida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, jamiyatda korrupsiyaning barcha ko'rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaga oid jinoyatlarning barvaqt profilaktikasini ta'minlash va xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faolligini yanada oshirish maqsadida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko'maklashgan shaxslar rag'batlantirish belgilandi.
Rag'batlantirish bir martalik pul mukofoti, tashakkurnoma yoki esdalik sovg'a shaklida bo'lib, korrupsiyaga bog'lik jinoyatning xajmi yoki etkazilgan zarar yoxud o'zlashtirilayotgan (o'zlashtirilgan) mulk qiymatiga qarab belgilanadi.
Korxonada korrupsiyaga oid va boshqa qonunbuzarliklar haqida vijdonan xabar bergan xodimlarni asossiz ishdan bo'shatish, lavozimidan tushirish, kamsitish, ta'qib qilish kabi tazyiqlarga yo'l qo'yilmaydi va taqdim etilgan ma'lumotlar boshqa xodimlarga yoki uchinchi shaxslarga ularning roziligisiz oshkor qilinmaydi.
Korrupsiyaga boglik jinoyatlar xususida aloqa kanallari orqali korxona rahbariyatiga yoki komplaens xizmatiga (99-996-12-14 telefon raqami, elektron pochta anticorruption@brz.uz orqali ) murojaat kilishlari mumkin.