O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami

Joriy yilning 10 noyabr kuni “Birinchi Rezinotexnika Zavodi” MChJda O‘zbekiston kasaba uyushmalari xodimlari kuni keng nishonlandi.

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-noyabrda qabul qilingan 648-sonli “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonuniga asosan 11-noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalarining rasmiy kuni sifatida belgilandi. Tegishli hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 10-noyabrda qabul qilingan va 20-noyabrda Senat tomonidan maʼqullangan .

Ushbu kasb bayrami munosabati bilan “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan tantanali tadbir tashkil etilib, uning doirasida g‘olib sportchilar va faollarni taqdirlash marosimi, konsert dasturi va bayram dasturxoni bo‘lib o‘tdi.

Tantanali taqdirlash marosimi doirasida zavod bosh direktori G.I.Ibragimov yig‘ilganlarni tabriklab, samarali mehnati uchun “BRZ” MChJ kasaba uyushma qo‘mitasiga minnatdorchilik bildirdi. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi D.A.Alimov xodimlarga sog‘lik, farovonlik, kasbiy va ijtimoiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi!

Vijdonan mehnati uchun “Birinchi Rezinotexnika Zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyati kasaba uyushmasining tashakkurnomalarini korxonaning 15 nafardan ortiq xodimlariga, faol ishchilarga ma’muriyat va kasaba uyushma qo‘mitasining fahriy yorliqlari topshirildi. Shashka bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqa g‘oliblari bo‘lgan xotin-qizlarga esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar, “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining eng yaxshilariga diplom va kitoblar topshirildi.

Shuningdek, futbol jamoalari diplom, medal va kuboklar bilan taqdirlandilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech