Oila - muqaddas dargoh

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJda barcha tarkibiy bo‘linmalar xodimlari uchun “Oila - muqaddas dargoh” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ kasaba uyushma qo‘mitasi, xotin-qizlar qo‘mitasining zavod yacheykasi va shahar hokimligi tomonidan tashkil etildi. Seminarda shahar hokimligidagi Xalq qabulxonasi mudiri N.G‘ofurova, korxona xotin-qizlar kengashi raisi M.Rahmanova, yuridik maslahatchisi Z.Qurbonboyeva, uchastka, sex va bo‘limlar vakillari ishtirok etdi.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirokida zamonaviy jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni, ayollar psixologiyasi, shuningdek, ijodkorlik va mahoratini oshirish haqida so‘z yuritildi. Shahar hokimligi huzuridagi xalq qabulxonasi rahbari N. A. G'afurova seminar-trening shaklida tadbir o'tkazdi va zavodda mehnat qilayotgan xotin-qizlarga kasbiy va shaxsiy hayotda muvaffaqiyatga erishish bo‘yicha maslahatlar berdi.

Seminarda Prezidentimizning 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va keksa avlod vakillarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar, mamlakatimizda gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish masalalari ham muhokama qilindi.

Bo'sh ish o'rinlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech