"Obod va ko'rkam mahallam" hayriya hashari
"Navro'z" milliy bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko'rish, hududlarning epidemiologik farovonligini saqlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo'llab-quvvatlash, mahallalar va aholi punktlarini obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish bo'yicha hukumat qarori qabul qilindi. 2021- yil 13- martda butun mamlakat bo'ylab "Obod va ko'rkam mahallam" homiyligida umumxalq hashari bo'lib o'tdi.
Ushbu hayriya tadbiri doirasida vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar xodimlaridan ixtiyoriy mablag'larni o'z tashabbusi bilan "Mahalla" jamoat fondining bank hisob raqamlariga o'tkazish tavsiya etildi. Hashardan olingan mablag'lar kam ta'minlanganlar, boquvchisini yo'qotgan oilalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, nogironlar, yolg'iz keksalar va nafaqaxo'rlarga moddiy va ma'naviy yordam ko'rsatishga sarflanadi.
"Birinchi Rezinotexnika Zavodi" mas'uliyati cheklangan jamiyati hodimlari hayriya hasharida o'zgacha ishtiyoq bilan qatnashdilar. Jamoaning 550 dan ortiq hodimilari hududni obodonlashtirish uchun bayramona kayfiyat bilan chiqishdi.
Hashar doirasida 900 dan ortiq mevali daraxt ko'chatlari o'tqazildi. O'simlik bog'i nok, behi, gilos bilan to'ldirildi. Zavod hududida o'sadigan va ularning 1600 dan ziyod bo'lgan daraxtlar oqartirildi, maysazorlar quruq barglar va novdalardan tozalandi. "BRZ" MCHJ gulzorlari yorqin ranglar bilan ko'zni quvontirmoqda. Zavod hududidagi va uning atrofidagi barcha sug'orish inshootlari tozalandi va pardozlandi.
Hashar xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biridir. Uning asosi Vatanga muhabbat, mamlakatni obod qilish, farovon hayot qurish istagidir.