Korxonada 2022-2024-yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2022-yilda bajarilishi yuzasidan konferensiya tashkil etildi
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-798-sonli Qonuni imzolandi. “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda 2022-2024-yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2022-yilda bajarilishi hamda 2022-2024-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish muhokamasiga bagʻishlangan konferensiya boʻlib oʻtdi.
Konferensiyada jamoa shartnomasining 2022-yilda bajarilishi yuzasidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi D.Alimov hamda ish beruvchi vakili Bosh direktor oʻrinbosari Sh.Aminovning hisobotlari tinglandi.
Korxona yuriskonsulti Z.Tuychiyeva jamoa shartnomasining barcha bandlari haqida batafsil maʼlumot berdi. Bosh direktorning yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi F.Matasimov, xodimlar B.Poʻlatova, B.Abduraxmanov, A.Sherboʻtayev hamda F.Mutalimovlar ham soʻzga chiqib taklif-mulohazalarini bildirib oʻtishdi.
Tadbir yakunida ish beruvchi, korxona bosh direktori Gʻ.Ibragimov soʻzga chiqib, ishchi-xodimlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, korxona tomonidan moliyaviy, iqtisodiy, ijtimoiy masalalarda yordam koʻrsatish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi.
Konferensiya yakunida kun tartibidan oʻrin olgan masalalar yuzasidan qaror qabul qilindi.