Mehnat jamoasi konferensiyasi

2022-yil 5-aprel kuni "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJda korxonaning 2019-2021-yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2021-yilda bajarilishi hamda 2022-2024-yillarga mo'ljallangan jamoa shartnomasi loyihasini ma'qullash yuzasidan mehnat jamoasining konferensiyasi bo'lib o'tdi.

Kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi D.A.Alimov va bosh direktorning o'rinbosari Sh.S.Aminovlarning 2021-yilda jamoa shartnomasining bajarilishi bo'yicha hisobotlari tinglandi. Konferensiya delegatlari tomonidan 2021-yilda jamoa shartnomasining bajarilishi qoniqarli deb topildi va 2022-2024-yillarga mo'ljallangan jamoa shartnomasi loyihasi qo'llab-quvvatlanib ma'qullandi.

Konferensiya ishida O'zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining tashkiliy ishlar bo'limi mudiri o'rinbosari Samarbekov Ravshan Yuldashevich hamda kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari Kasaba uyushmasi Respublika kengashining ijtimoiy himoya masalalari bo'yicha bosh mutaxassisi Muzapparova Nilufar Alimjanovnalar ishtirok etishdi.

Korxonaning Bosh direktori Ibragimov G'ulomjon Inomovich yakuniy so'zida jamoa shartnomasida ishchi-xodimlarimizni har tomonlama iqtisodiy – ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga, mehnat muhofazasiga, kadrlarni tayyorlashga, yoshlarimiz va ayollarimizga har tomonlama ko'mak berishga qaratilganligi to'g'risida gapirib, yangi takliflar kiritdi hamda barcha ishtirokchilarga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab, faol ishtiroklari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Bo'sh ish o'rinlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech