“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJda tibbiy ko‘rik
“Birinchi rezinotexnika zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyati xodimlarini davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi bo’limi faoliyatining muhim qismidir.
Joriy yilda korxona maʼmuriyati tomonidan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi (O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Tibbiyot markazi) koʻmagida samarali va qulay tibbiy koʻrik tizimi tashkil etildi.
Bevosita ishlab chiqarishda ham, idoraviy ishlarda ham band bo‘lgan ishchi-xodimlarni tasdiqlangan jadval asosida davriy profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda 870 nafardan ortiq korxona ishchilari qamrab olindi.
“Birinchi rezinotexnika zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tibbiy ko‘rikni bevosita o‘z uchastkasida, ish joyida o‘tkazayotgan sanoqli korxonalardan biridir. Ish xodimlarning sog'lig'i holatini dinamik monitoring qilish, kasbiy kasalliklarning boshlang'ich shakllarini, zararli ishlab chiqarish omillarining xodimlarning sog'lig'iga salbiy ta'sirining dastlabki belgilarini o'z vaqtida aniqlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Tibbiy ko‘rik tufayli zavod ishchilari okulist, otorinolaringolog, dermatolog, kardiolog, oftalmolog, terapevt – jami 7 xil mutaxassis qabuliga yozilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Aksiya doirasida laboratoriya tekshiruvlari va funksional diagnostika ham tashkil etildi.
– Tibbiy ko‘rik haqiqiy foyda keltirishini zavod ishchilari tushunishlarini istardim. Zero, erta bosqichda aniqlangan xastalikni o‘z vaqtida chora ko‘rib davolash har doim ham oson, – deydi katta hamshira Oydinisa Bozoraliyeva.
Tibbiy ko'rikdan o'tgandan so'ng, barcha xodimlarga tibbiy kartalar beriladi. Ushbu hujjatda shifokorlar aniqlangan sog'liq muammolarini batafsil bayon qildilar va keyingi davolash va oldini olish bo'yicha tavsiyalar berdilar.