MCHJ «Birinchi Rezinotexnika  Zavodi»  sanoat forumida.

            22 – 24 - aprel kunlari Navoiy shahrida NKMK DK Navoiy mashinasozlik zavodi (NMZ) hududida Respublika tarmoqlararo kooperatsiya sanoat yarmarkasi bo'lib o'tdi. Ko'plab ishtirokchilar orasida "Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ ham ishtirok etdi. Bu bizning zavodimiz uchun sanoatchilarning birinchi forumi emas edi. "BRZ" MCHJ namoyish maydonida, 18 xil konveyer lentalari, 9 xil o'lchamdagi  avtomobil shinalari, 1 hil o'lchamdagi qishloq xo'jalik shinalarning  namunalari taqdim etildi.

Taqdim etilgan barcha mahsulotlar – bu zavodning ilmiy va texnik markazining (ITM) yangi rivojlantirilgan ishi hisoblanadi. Tadbirning maqsadi hamkorlikni yanada kengaytirish va kooperatsiya  aloqalarini rivojlantirish homiyligida o'tdi.  Respublika tarmoqlararo kooperatsiya sanoat yarmarkasining  maqsadi  xo'jalik  subyektlarini ishlab chiqarishini optimallashtirish,  tarmoqlar bo'yicha ishlab chiqarishni optimallashtirish, sheriklarni topishda yordam berish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar o'rtasidagi shartnomalarni tuzishda keng ma'lumot berish, respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar to'g'risida keng ma'lumot berish, va  o'z mahsulotlarini  yetkazib berish.

Yarmarkada O'zbekistonning 650 dan ortiq korxonasi ishtirok etdi. Ular,  sanoatining yetakchi liderlari, o'rta biznes vakillari va xususiy kichik tashkilotlar. Shu jumladan, "Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ tomonidan taqdimotlar o'tkazilib, tadbir mehmonlarini namoyish stendlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari bilan tanishtirdi. "BRZ" MCHJ mutahassislari ko'rgazma ishtirokchilari va mehmonlariga zavodning texnik va texnologik imkoniyatlari haqida ma'lumot berib, mahalliy xom - ashyo resurslaridan foydalanish, texnologik imkoniyatlardan foydalanish va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish asosida ilgari import qilinadigan va istiqbolli ishlab chiqarishga oid yangi turdagi mahsulotlarni o'zlashtirish haqida batafsil ma'lumot berdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech