Korxona xodimlari oʻrtasida “Zakovat” intellektual turniri oʻtkazildi
Prezidentimizning 2022-yil 22-yanvarda “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarin rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi qarori qabul qilingan edi. Qaror ijrosini taʼminlash, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda xodimlarning faol ishtirokini taʼminlash, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta oʻzlashtirgan, kuchli bilimga ega boʻlgan xodimlarni qoʻllab-quvvatlash va ularga oʻz iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida Kimyogarlar kuni arafasida "Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ XK Jamoat tashkilotlari va kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida korxonada faoliyat olib borayotgan xodimlar oʻrtasida “Zakovat” intellektual turniri tashkil etildi.
Unda korxonamizning seh va boʻlimlaridan oltita jamoa oʻzaro bellashishdi.
Bilimlar bellashuvida barcha jamoa aʼzolari bor bilim, tafakkurlarini ishga solishdi. Qizgʻin bahs-munozara, savol-javoblar ruhida oʻtgan intellektual bahsda kuchlilar oʻz soʻzini aytishdi.
Yakuniy hisob-kitobga koʻra, Fizika Mexanika sinov va kimyoviy tahlil laboratoriyasi terma jamoasi aʼzolari eng koʻp javoblarni taqdim etgan jamoa sifatida 1-oʻrinni egallashdi.