Kimyo sanoati mutaxassislari uchun HR-menejmentning yangi keyslari

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisining 2022-yil 21-fevraldagi 07/633-son qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-dekabrdagi 4939-sonli “Mahalliy kadrlar malakasini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida joriy yilning 24-26-fevral kunlari “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi korxonalarning Xodimlar bilan ishlash xizmati, Xodimlarni tayyorlash bo’yicha o‘quv markazlari, Malakani baholash markazlari xodimlari uchun o’quv seminar-trening tashkil etildi. Tadbir Toshkent kimyo-texnologiya instituti va “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyati negizida o‘tkazildi va quyidagi uch bosqichdan iborat bo‘ldi:

  1. Toshkent kimyo-texnologiya institutida (TKTI) “Kimyo sanoati uchun xodimlarni tayyorlash boʻyicha oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqish, fan va taʼlimni ishlab chiqarishga integratsiyalash strategiyasi” kabi mavzularda maʼruza va seksiya kurslari o’tkazildi. Mazkur loyihada sohaning aloqador mutaxassislari hamda institut rektori B.Usmonov ishtirok etdi.
  2. Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi “Maxam-Chirchiq” AJning ishlab chiqarish va o‘quv binolari bo’ylab “Xodimlar xizmati, xodimlarni tayyorlash o‘quv markazi va xodimlar boshqaruvida ish faoliyati va yangicha yondashuvlarni takomillashtirish” mavzusida tanishish va ekskursiya dasturlari o’tkazildi.
  3. Bir necha darajada va turli mavzularda seminar-treninglar o’tkazildi:
  • Xodimlarni boshqarishning zamonaviy tendensiyalari;
  • HR menejeri rolining evolyutsiyasi;
  • Kompaniyalarda HR xizmatini shakllantirish modellari;
  • HR strategiyasi va xodimlarni boshqarish siyosati;
  • Xodimlarni boshqarishda HR xizmati faoliyatining asosiy ko'rsatkichlari;
  • Milliy malaka dasturini takomillashtirish;
  • Komplayens va mehnat resurslarining monitoringi;
  • Xodimlar malakasini xolisona baholash.

O‘quv-seminarning trener va kouchlari sifatida “O‘zkimyosanoat” AJ Xodimlar bo‘limi boshlig‘i Abduvohid Aripov, “O‘zkimyosanoat” AJ Komplayens xizmati rahbari Shuhrat Sagdullaev, “Person Hunters” kompaniyasining assessment xodimi Hilola Rahimberdiyeva, OvaO’MTV qoshidagi Pedagogik innovatsiyalar instituti kafedra mudiri Fazliddin Mamarasulov ishtirok etdi.

Seminar-treningni tashkil etishda “Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan moddiy yordam ko‘rsatildi. Seminar ishtirokchilari butun tadbir davomida Bo‘stonliq tumanidagi “Layner” tog‘-chang‘i majmuasida turar joy bilan ta’minlanishdi, madaniy hordiq chiqarish uchun shart-sharoitlar va qiziqarli ekskursiyalar tashkil etildi.

 “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ nomidan Xodimlar bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Elvina Kurtseitova, Malakani baholash markazi (MBM) boshlig‘i Shavkat Fayziyev, MBM yetakchi mutaxassisi Rustam Burliyev ishtirok etishdi.

“Aqliy hujum” ishbilarmonlik motivatsion o‘yini doirasida “BRZ” MChJ MBM yetakchi mutaxassisi R.Burliyev maksimal ball to‘plab, faxrli birinchi o‘rinni egalladi.

Xodimlarni boshqarish sohasida bilimlarni o‘zlashtirishning progressiv shkalasi bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari natijalariga ko‘ra “BRZ” MChJ MBM boshlig‘i Sh.Fayziyev eng yuqori ball to‘plab, birinchi o‘rinni egalladi va seminar tashkilotchilari tomonidan qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi. Ikkinchi o‘rin “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ xodimlar bo’limi rahbari, uchinchi o‘rin esa “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJ o‘quv markazi rahbariga nasib etdi.

Seminar-trening doirasida ishtirokchilar xodimlar boshqaruvi sohasidagi so‘nggi keyslar bilan tanishdilar, xodimlarni boshqarishdagi vaziyatlarni amaliyotda tahlil qildilar, bugungi kunda kimyo sanoatida joriy etilayotgan ko‘plab yangi foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Bo'sh ish o'rinlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech