Shinalar omologatsiyasi boʻyicha maʼlumot

2022-yilning dekabr oyida 2-bosqich sinovlari uchun ishlab chiqarilgan Tracker va Onix avtomobilining 4 turdagi shinalari jami 320 dona “General Motors Brazil” kompaniyasiga sinov ishlari uchun yetkazib berildi. Sinov ishlari "General Motors Brazil" kompaniyasining poligonida yanvar oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Damas avtomobilining 1 turdagi shinalari sinovlar uchun AQSH (Smithers va LPG laboratoriyalari) va Xitoy (Smithers Xitoy va LingLong) davlatlariga yetkazib berildi va sinov ishlari amalga oshirilmoqda.

        Tracker va Onix avtomobilining 2 turdagi zahira shinalari uchun 1 donadan press formalar tayyorlatish maqsadida Xitoyning “Himile” kompaniyasiga chizmalari tayyorlanib taqdim qilindi. “LingLong” kompaniyasi bilan birgalikda bugungi kunda ushbu shinalarning konstruksiyasi va ishlab chiqarishda kerak boʻladigan qoʻshimcha fileralani va rezina qorishmalari retseptlarini tayyorlash boʻyicha ishlar olib borilmoqda.   

         Jizzaxning “ADM Jizzakh” MCHJ bilan birgalikda 2023-yil ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan Kia QY avtomobili uchun yiliga 200 ming dona 2 turdagi shinalarni yetkazib berish boʻyicha muzokaralar olib borildi. Yetkazib berilishi kerak boʻlgan shinalarning narxlari kelishildi. 6-dekabrda shinalar boʻyicha “nominatsiya” xati qabul qilib olindi.

Bugungi kunda ushbu kompaniya bilan shinalar yetkazib berish boʻyicha ikki tomonlama shartnoma imzolash uchun muzokara olib borilmoqda. Bundan tashqari, 2024-yilda “ADM Jizzakh” MCHJ korxonasi tomonidan ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan 2-modeli uchun 200 ming dona 2 turdagi shinalar yetkazib berish boʻyicha ham muzokaralar olib borilyapti.

         Bundan tashqari, “Uzauto Motors” AJda ishlab chiqarilishi 2028-yilga qadar uzaytirilgan Cobalt avtomobili uchun 2 turdagi shinalarni omologatsiyadan oʻtkazish boʻyicha ushbu kompaniyalar bilan birgalikda kelishuvga erishilmoqda.

Bugungi kunga kelib “Uzauto Motors” AJga ushbu shinalarning narxlari taqdim qilindi. “Uzauto Motors” AJ tomonidan ushbu shinalar omologatsiyasi boʻyicha "General Motors Brazil" kompaniyasi bilan texnik talablari yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

Bo'sh ish o'rinlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech