Faol Yoshlar uchrashuvi

30 aprel kuni "O'zkimyosanoat" tizimiga kiruvchi korxonalar yoshlar yetakchilarining uchrashuvi bo'lib o'tdi. "Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ mutaxassislari videokonferensaloqa (VKA) bo'yicha onlayn tarzda o'tgan tadbirda ishtirok etdilar. Majlisni "O'zkimyosanoat" AJ boshqaruvi raisi J. T. Mirzamaxmudov olib bordi.

Yigilishda yoshlarga oid davlat siyosati – davlat tomonidan amalga oshiriladigan yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakillantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo'nalishdagi salohiyatni kamol toptirish uchun shart sharoitlar yaratilishi, yoshlar tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish , yoshlarni vatanparvarlik tuyg'usi, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, turli diniy oqimlarga qarshi tura oladigan hayotga bo'lgan qat'iy ishonch va qarashlarga ega bo'lishi kerakligi to'g'risida fikr bildirildi.

"Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJda ish faoliyatini olib borayotgan yosh ishchi xodimlardan 95 nafari oliy o'quv yurtida tahsil olmoqda. Shundan 1 nafari doktarantura, 1 nafari magistratura yo'nalishida. Korxona kelgusida kimyo texnologiyasi , energetika yo'nalishida oliy ta'limga kirish istagi bor yoshlarni aniqlab o'qitish rejalashtirilgan.



 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech