“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJda davra suhbati bo‘lib o‘tdi
“Birinchi rezinotexnika zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida yoshlar o‘rtasida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, turli diniy oqimlarga kirib ketishni oldini olish, internet tarmog‘idan maqsadli foydalanishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Seminarda korxona uchastka va sexlarining 15 dan ortiq xodimlari ishtirok etdi. Tadbir tashkilotchisi – Bosh direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar va davlat tili bo‘yicha maslahatchisi B.Mamatov. U ekstremistik va buzg‘unchi mafkuraning yoshlarga salbiy ta’siri, fuqarolik ongini shakllantirish va o‘zlikni anglash haqida gapirib, ekstremizmning oldini olish borasidagi amaliy ishlar haqida so'zladi.
Komplayens xizmati rahbari D.Ahmedov o‘z nutqida vatanparvarlik, yurtga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish, yoshlarning ijodiy fikrlashini qullab-quvvatlash, ular o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish maqsadida "Vatan taraqqiyotida mening hissam" loyihalarini amalga oshirish, "Korrupsiya - kelajakka tahdid" mavzulari haqida tushuncha berib o‘tdi.