“Birinchi Rezinotexnika Zavodi ” MChJ yangiliklari

“Kasaba uyushmasi xodimlari kuni” munosabati bilan “Birinchi rezinotexnika zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ayol ishchi hodimlar o‘rtasida shashka bo‘yicha turnir o‘tkazildi.

Aksariyat ishtirokchilar uchun bu musobaqalar shunchaki intellektual o'yinlar emas. Bu yerda o'yinchilarning har biri o'yinni unutilmas va musobaqani qiziqarli qilish uchun bor kuchini sarflashdi.

O’kazilgan shashka bo'yicha musobaqa yetakchilari:

 

  1. Mahmudova Munojat (FMI va KA);
  2. Abdaliyeva Mushtariy (Yarim tayor va avto shina ishlab chiqarish);
  3. Nishonova Dilorom (Konveyer tasmalari ishlab chiqarish).

 

- Bunday turnirlar hammani birlashtiradi. Jamoa yanada ahil va do'stona bo'lib bormoqda. Korxonamizda kasb bayramlari arafasida sport musobaqalarini o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan, – deydi “BRZ” MCHJ xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Rahmanova.

Kasaba uyushmasi xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan korxona ishchi-xodimlari o‘rtasida mini-futbol musobaqasi ham tashkil etildi. Qur’a natijasiga ko‘ra  7 jamoalar “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi kubogi uchun kurash olib borishdi.

Yigitlar juda ishtiyoq bilan o'ynashdi, raqobat muhiti hukm surdi va o'jar kurash natijasida eng kuchlilar g'alaba qozonishdi.

Natijada mini-futbol musobaqasida 102 sex jamoasi birinchi, texnik xizmat ko‘rsatish bo‘limi vakillari ikkinchi, 101 sex yigitlari faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech