"Birinchi Rezinotexnika zavodi" MCHJ komplaens xizmatining 2021 yilda amalga oshirgan ishlar bo'yicha H I S O B O T I

   MCHJ bosh direktorining 7-yanvar 2021-yildagi №11-sonli buyrug'i bilan korxonada komplaens xizmati tashkil etildi. Hisobot davrida komplaens xizmatiga taalluqli 15 ta ichki me'yoriy hujjatlar qabul qilindi.
   MChJdagi barcha mehnat shartnomalariga korrupsiyaga qarshi kurashish bandi kiritilib, ularni mazkur talablar bilan tanishtirilib borilmoqda.
   Shuningdek, korxonada korrupsiyaga qarshi kurash ichki me'yoriy hujjatlari talablari asosida "Axloq odob" va "Manfaatlar to'qnashuvini boshqarish" komissiyalari tuzilib, komissiya tarkibi tasdiqlandi.
   Hisobot davrida jami 829 ta, shundan sotish bo'yicha 451 ta xarid bo'yicha 378 ta shartnoma rasmiylashtirilgan. Har bir shartnomaga korrupsiyaga qarshi kurashish bandi kiritilgan.
   Korrupsiyaviy holatlar va manfaatlar to'qnashuvini oldini olish maqsadida xaridlar jarayonida tanlov komissiyasi tarkibiga komplaens xizmati vakili ham qo'shildi.
   Hisobot davrida 157 mln. so'mlik vakillik xarajatlari amalga oshirilgan bo'lib, sarflangan vakillik xarajatlari belgilangan limitdan oshib ketmagan.
   Hisobot davrida 17 dona avtoshina homiylik yordami sifatida berilgan. Ushbu homiylik va xayriya aksiyalari korxona va tashkilotlarning rasmiy murojaatlari o'rganilib chiqilganidan so'ng, komplaens xizmati bilan kelishilgan holda amalga oshirilgan.
   Korxonaga ishga qabul qilish jarayonida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash maqsadida ishchi guruh tarkibi komplaens xizmati xodimi kiritildi. Hozirgi kunda komissiya tomonidan har bir ishga nomzod bilan suhbat o'tkazilmoqda.
   Korxonaga ishga qabul qilishda manfaatlar to'qnashuvi va korrupsiyaviy xavflarni oldini olish maqsadida "Ishga nomzodlarni tekshirish bo'yicha yo'riqnoma" tasdiqlandi. Xodimlar bilan ishlash bo'limi orqali "Yo'riqnoma" amaliyotga joriy qilinib, 34 nafar fuqaro yo'riqnoma talablari asosida o'rganildi va ishga qabul qilindi.
"Manfaatlar to'qnashuvini boshqarish siyosati" talablari asosida rahbar va ishchi xodimlar deklaratsiya to'ldirishdi.
   Hisobot davrida 5 ta holatda manfaatlar to'qnashuvi holati qayd qilinib, tegishli chora tadbirlar orqali ular bartaraf qilindi.
   2021-yil davomida korxonaga 295 ta murojaat qabul qilingan. Shundan, yozma murojaatlar 181 ta, komplaens xizmati ishonch telefoni orqali 2 ta, ishonch qutisi orqali 1 ta, elektron murojaatlar 11 ta, og'zaki murojaatlar esa 100 tani tashkil qildi. Shundan 239 ta murojaat qanoatlantirilgan, 51 ta murojaatga tushuntirish berilgan, 4 tasi rad etilgan, 1 tasi o'rganish jarayonida.
   Korrupsiyaviy hatti-harakatlar to'g'risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko'rib chiqish reglamentiga muvofiq MChJning kirish qismida 1 dona va ishlab chiqarish hududida 1 dona "Anonim xabar" qutisi o'rnatildi. Korxonada komplaens xizmati xizmat telefoni ishonch telefoni sifatida belgilandi.
   Hisobot davrida korxonada iqtisod qilingan mahsulotning umumiy qiymati 191 mln. so'mni tashkil etadi.
   Korxonada xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish, korrupsiyaga nisbatan toqatsizlik prinsipini shakllantirish maqsadida 23 ta suhbat shaklida profilaktik tadbirlar o'tkazildi.
   9-dekabr xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan yig'ilish o'tkazilib, yig'ilishda bosh direktor korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarida o'rnak bo'lish maqsadida o'z ma'ruzasini o'qidi.
   Korxonada komplaens xizmati "Ishonch telefoni" yozilgan e'lonlar korxona ma'muriy binosi va ishlab chiqarish hududidagi binolarga tarqatildi.
   ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablarini joriy etish maqsadida "CERT Academy Group" xalqaro trening kompaniyasining o'quv kursida korxonadan 2 nafar xodim qatnashib, o'quv kursi yakuni bo'yicha tegishli sertifikatlar olindi.
   Shuningdek, korxonada korrupsiyaga qarshi kurashish yo'nalishida qilinayotgan ishlar yuzasidan korxona rasmiy veb-sahifasida va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda 6 marta maqolalar chiqarildi.
   Korrupsiyaga qarshi kurashishda ishchilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish buyicha chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Bo'sh ish o'rinlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech