Ajdodlar matonati va jasorati avlodlar uchun namunadir

Yurtimizda 9 – may Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanishi anʼanaga aylangan. Ushbu ulugʻ ayyom kunida hammamiz eng avvalo, urush maydonlaridan qaytmagan yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasi oldida bosh egib, ularning ruh-poklariga hurmat bajo keltiramiz. Jang maydonlarida mardlik, jasorat koʻrsatgan, fidokorona mehnat qilgan faxriylarimizga taʼzim qilamiz. Hozirgi tinch-osoyishta hayotimiz, musaffo osmonimiz uchun ularga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz.

Bugungi kunda “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda qoʻshni Afgʻoniston zaminida yigitlik burchini oʻtagan, sobiq baynalminalchilardan 5 nafari mehnat faoliyatini olib borishmoqda.

9 – may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan korxonada bayram tadbiri tashkil etildi. Unda mehnat faxriylari hamda sobiq baynalminalchi xodimlarning bir guruhi korxona rahbariyati hamda Kasaba uyushma qoʻmitasining qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Boʻlib oʻtgan tadbir yigʻilganlar qalbida cheksiz gʻurur-iftixor bagʻishladi. Ayniqsa, yoshlarimiz ongida tinchlikning qadriga yetish,u larda Vatanga boʻlgan muhabbat tuygʻusini mustahkamlash, keksalarga hurmat va ehtiromda boʻlish singari fazilatlarni singdirishda muhim omil boʻlib xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Bo'sh ish o'rinlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech