9-fevral kuni Qirg'izistonlik tadbirkorlar va "O'zkimyoimpeks" MChJ vakillari bosh direktor o'rinbosari D.N.Tuydulov boshchiligidagi delegatsiya "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJga kelgusida hamkorlik qilish bo'yicha takliflar bilan tashrif buyurishdi.
Bugungi kunda O'zbekistonda kimyo sanoatini rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish hajmini ko'paytirish va ehtiyojni to'liq qondirish uchun tayyor mahsulotlar turini kengaytirish, shuningdek chet ellik mijozlarni jalb qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Chet ellik mehmonlar sarmoyaviy va savdo sherikliklarining istiqbollari bilan katta qiziqishmoqda. Bularning barchasi ichki biznes geografiyasining kengayishiga va aloqalar o'rnatilishiga yordam beradi.
Shunday qilib, uchrashuv doirasida BRZ MChJ Bosh direktori G'.I.Ibragimov O'zbekiston-Qirg'iziston munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarilganligini ta'kidladi.
Tadbir davomida ishtirokchilar Zavodning yuqori sifatli mahsulotlarini qo'shni davlat iste'molchilariga etkazib berishni tashkil etish, transport-logistika sherikligi imkoniyatlarini muhokama qildilar. Qirg'iziston delegatsiyasi vakillari shinalar assortimenti va "BRZ" MChJ faoliyati, istiqbolli investitsiya loyihalari bilan tanishdilar. BRZ MChJning Qirg'izistonda rasmiy ko'rgazma zalini ochish imkoniyati muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo'yicha delegatlar o'zaro aloqalar o'rnatdilar va hamkorlik yo'nalishlarini yanada rivojlantirish to'g'risida kelishib oldilar.
Matbuot xizmati