"BRZ" bilimdonlari taqdirlanishdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi "Zakovat intellektual o'yinini aholi o'rtasida ommaviy-ma'rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o'yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi 96-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, Angren shahrida faoliyat ko'rstauvchi barcha davlat idoralari, byudjet tashkilotlari, shuningdek, byudjet bo'lmagan korxonalar va muassasalar, mahalla ko'ngilli faollari o'rtasida doimiy tarzda shahar mavsumiy chempionati va hokim kubogi turnirlarini o'tkazish uchun "Zakovat" intellektual klubi tashkil etilgan.

"Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ XKning "BARS" jamoasi "Zakovat" intellektual o'yini Angren shahar Oliy liga qishki mavsumida 11 jamoa orasida umumjamoa hisobida 1-o'rinni egallashdi.

"Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ XKning rahbariyati va xodimlari bilimdonlarimizni qizg'in tabriklaydi.

Ilmingiz ziyoda bo'lsin, aziz bilimdonlar!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech