Sogʻlom turmush tarzi – farovon hayot asosi

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayrami munosabati bilan  Kasaba uyushma qo‘mitasi va Jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda shaxmat bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi. Barcha sekh va bo‘limlardan 16 nafar ishtirokchi qatnashishdi.

- Oʻtkazilayotgan aql charxi musobaqasi ishchi-xodimlarimizda katta qiziqish uygʻotmoqda, - deydi Bosh direktorning davlat tili va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha maslahatchisi Baxtiyor Mamatov. – Bu kabi sport musobaqalari Prezidentimizning qarori ijrosini taʼminlash, qolaversa, ishchi-xodimlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish va shaxmatning ommaviyligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Bir-biridan kuchli ishtirokchilarning aql-idrok bahsi yakuniga koʻra,  Muhandislik mahsulotlari boshqarmasi xodimi Ilhomov Azizjon 1-oʻrinni,  Reja va iqtisodiyot bo’limi xodimi Xakimov G’olibjon 2-oʻrinni, Muhandislik mahsulotlari boshqarmasi xodimi Li Sergey 3-oʻrinni egallashdi.

Gʻolib va sovrindorlar Mustaqillik bayramiga bag’ishlab o’tkaziladigan tadbirda taqdirlanаdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech