Sogʻlom turmush tarzi – farovon hayot asosi

“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayrami munosabati bilan “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda  Kasaba uyushma qoʻmitasi  va  Jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Armresling boʻyicha sport musobaqasi oʻtkazildi. Barcha sekh va boʻlimlardan 19 nafar ishtirokchi qatnashishdi.

-  Bu kabi sport musobaqalari ishchi-xodimlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish va Armreslingning sport turini yanada omalashishiga xizmat qiladi.

Bir-biridan kuchli ishtirokchilarning  bahsi yakuniga koʻra,  Rezina qorishmalari tayyorlash sexi xodimi Xikmatxonov Ramziddinxon 1-oʻrinni,  Tayyor mahsulot xodimi Abduqodirov Madaminbek 2-oʻrinni, Sifat nazorat bo‘limi xodimi Bakiev Farux 3-oʻrinni egalаdi.

Gʻolib va sovrindorlar mustaqillik bayramiga bag’ishlab o’tkaziladigan tadbirda taqdirlanadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech