”Zakovat“ning g‘olib jamoasi aniqlandi

Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda xodimlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan xodimlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida, 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan ”Birinchi rezinotexnika zavodi“ MChJda Kasaba uyushma qo‘mitasi hamda jamoat tashkilotlari hamkorligida “Zakovat intellektual” turniri o‘tkazildi.

     Unda korxonamizning barcha sex va bo‘limlaridan eng bilimdon xodimlardan tarkib topgan 5 jamoa o‘zaro bellashishdi.

     Bilimlar bellashuvida barcha jamoa a’zolari bor bilim-tafakkurlarini ishga solishdi. Jamoalarning o‘ylashlari uchun har bir savolga 1 daqiqadan vaqt berildi. Berilgan vaqt davomida jamoalar o‘z javoblarini taqdim etishdi.

     Qizg‘in bahs-munozara, savol-javoblar ruhida o‘tgan intellektual bahsda kuchlilar o‘z so‘zini aytishdi.

     Yakuniy hisob-kitobga ko‘ra, Ishlab chiqarish texnik bo‘limi jamoasi 1-o‘rinni egallashdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech