Yuzma-yuz muloqot doirasida
Korxonamizda masʼul xodimlari ishtirokida ishchi-xodimlar uchun navbatdagi targʻibot-tashviqot tadbiri oʻtkazildi.
Unda asosiy masala etib ichki tartib-intizom, odob-axloq meʼyorlariga, ichki mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya etish va ish jarayonida mavjud kamchilik va muammolarni oʻrganib chiqish hamda bartaraf etish kabi masalalarga eʼtibor qaratildi.
Masʼullar hamda ishchi xodimlar oʻrtasida oʻzaro muloqot tarzida oʻtgan targʻibot-tashviqot tadbirida korxona komplayens xizmati boshligʻi Doniyor Axmedov korrupsiyaga qarshi kurashish, unga nisbatan odamlarda toqatsizlik va ayovsiz kurashish masalalriga alohida toʻxtalib oʻtdi.
-Korrupsiyaga qarshi kurashishda xodimlarimizning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltiirsh, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish oldimizda turgan muhim vazifalardan biridir, - deydi D.Axmedov. – Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablarni va shart-sharoitlarni bartaraf etish, javobgarlik muqarrar ekanligini dildan his etish dolzarb masaladir.
Tadbir yakunida ishchi-xodimlar tomonidan berilgan savollarga javob qaytarildi, kerakli koʻrsatmalar berildi.