"Yong'in xafvsizligini ta'minlash bo'yicha Dolzarb 30 kun" tadbiri doirasida o‘quv-taktik mashqi o‘tkazildi
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo'yicha Hukumat komissiyasining 2024-yil 28-maydagi 42-sonli majlislar bayoniga asosan 2024-yilning 1-iyul kunidan 1-avgust kuniga qadar Respublika hududida e'lon qilingan "Yong'in xafvsizligini ta'minlash bo'yicha Dolzarb 30 kun" tadbiri davomida “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK ob’yekt hududida daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘quv-taktik mashqi o‘tkazildi. O‘quv taktik mashqda zavod ishchi hodimlariga yong‘in sodir bo’lganda qanday harakat qilish, fuqarolarni evakuatsiya qilish hamda bemorlarga birinchi yordam ko’rsatish bo‘yicha amaliy va nazariy tushintirish ishlari olib borildi.