Yaxshi dam – mehnatga hamdam

    "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJda korxona ishchi-xodimlarining bo'sh vaqtini unumli tashkil etish hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib etish maqsadida muntazam ravishda sport musobaqalari o'tkazib kelinmoqda.

    Stol tennisi bo'yicha o'tkazilgan sport musobaqasida barcha sex va bo'limlardan ishtirok etgan xodimlar o'zaro bellashishdi.

    Musobaqa stol tennisi qoidalariga muvofiq o'tkazildi. Qizg'in va murosasiz kechgan bellashuvda g'oliblar aniqlandi:

    1-o'rin Nishonov Oybek (102-sex avtomobil shinalari ishlab chiqarish);

    2-o'rin Pardaboev Akmal (101-sex rezina qorishmalarini tayyorlash);

    3 o'rin Tursunov Elzod (Sifat nazorati bo'limi boshlig'i).

    O'tkazilgan bu kabi sport musobaqalari ishchi-xodimlarning ish samaradorligiga ijobiy ta'sir qilishi bilan ahamiyatlidir.

    G'oliblar Mustaqillik bayrami tantanasida taqdirlanadilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech