Yangi yil arafasida ”Birinchi rezinotexnika zavodi“da Osh tanlovi o‘tkazildi

Yangi yil arafasida ”Birinchi rezinotexnika zavodi“da Kasaba uyushma qo'mitasi hamda jamoat tashkilotlari hamkorligida Osh tanlovi o‘tkazildi.


Korxonaning barcha bo‘lim va ishlab chiqarish sexlari xodimlaridan tarkib topgan 9 jamoa osh pishirish bo‘yicha oshpazlik mahoratlarini namoyish etishdi.

Hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko‘ra, Energo ta’minoti va kommunal xo‘jalik bo‘limi jamoasi 1 o‘rinni, Texnik xizmat ko‘rsatish bo‘limi jamoasi 2 o‘rinni, Sifat nazorati jamoasi esa 3 o‘rinni egallashdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech