“Yangi Oʻzbekiston strategiyasi” – kelgusi 5 yillikning muhim taraqqiyot strategiyasidir
Mamlakatimizda keyingi besh yillikda amalga oshiriladigan islohotlarning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-maʼrifiy asoslarini yaratib berishga qaratilgan Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi xalqimizni maʼnan birlashtirishga qaratilgan.
“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJda Yongʻin xavfsizligi xodimlari uchun Prezidentimizning “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi” audiolashtirilgan kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Unda Bosh direktorning davlat tili va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha maslahatchisi Baxtiyor Mamatov ushbu kitob mazmun-mohiyati haqida xodimlarga batafsil maʼlumot berdi. Mazkur loyihada QR kod texnologiyasi asosida kitobning toʻliq audio varianti joy olgan. U orqali Yangi Oʻzbekistonning zamonaviy demokratik qiyofasi qanday yaratilayotgani, mamlakatimizni yangi rivojlanish bosqichiga koʻtarish uchun belgilab olgan strategik yoʻl toʻgʻrisida yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini beradi.
Bugungi kunda Prezidentimiz boshchiligida Oʻzbekistonning yangicha qiyofasini yaratish, yangi demokratik jamiyatni barpo etishdek ulugʻ maqsad ortidan yoʻlga chiqayotgan ekanmiz, bunga erishish uchun oldimizda aniq rejalar boʻlishi taqozo etiladi. “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi” audiolashtirilgan kitobida ushbular haqida soʻz boradi.
Maʼlumot oʻrnida, Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi” nomli audiolashtirilgan kitobi muqaddima, 7 boʻlim va xotimadan iborat. Boʻlimlar quyidagicha nomlangan: “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi”, “Xalqparvar davlat”, “Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish”, “Adolatli ijtimoiy siyosat”, “Maʼnaviy taraqqiyot”, “Xavfsizlik va tashqi siyosat”, “Oʻzbekiston va umumbashariy muammolar”.