Yangi namunalar uchun patent olindi
Yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda korxonamiz ilmiy-texnik markazi tomonidan yaratilgan mahsulot uchun sanoat namunasi patentlarini olish hamda himoya qilish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi bilan hamkorlikda ishlar olib borildi. Natijada talabnomalarni ko'rib chiqib asnosida muddatlari inobatga olingan holda, 2021-yilda o'zlashtirilgan 2 turdagi shina protektorlari uchun joriy yilning sentabr oyida sanoat namunasi patentlari olindi.
Hozirda korxonamiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan yangi turdagi shinalar uchun 2022-yilning yanvar oyida olingan 8 ta sanoat namunasi patentlari bilan hisobga olinganda, 10 ta shina protektorlari uchun sanoat namunasi patentlari olindi.