Yangi ishchi-xodimlar uchun maxsus tanishtiruv kursi

Joriy yilning 16-iyul kuni “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda yangi ishga joylashgan va mehnat faoliyatini endigina boshlagan ishchi-xodimlar uchun maxsus tanishtiruv kursi olib borildi. Ushbu tanishtiruv kursida korxonaning ichki kommunikatsiya ma’naviy-ma’rifiy va yoshlar ishlari bo‘yicha mutaxassis D.Egamkulova hamda xodimlarni qabul qilish va moslashtirish bo‘yicha mutaxassis M.Ismoilovlar korxona tarixi, faoliyati, ichki mehnat tartib-qoidalari va korxonaning maqsad va vazifalari to‘g‘risida tushuncha berib o‘tdilar. 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech