Yangi bozor uchun – yangi mahsulotlar

Joriy yilning o'tgan 6 oyi davomida "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish maqsadida 1 turdagi 275/65R18 (Trailblazer, Land Cruiser, Lexus LX, Captiva) avtomobil shinasi hamda 6 turdagi, ya'ni 215R14C (Ford, Toyota HiAce, Hyundai Porter, Mercedes-Benz Sprinter), 225/70R15C (Lada 4x4 (Niva), Ford, Hyundai), 185/75R16C (Ford (Tourneo Custom, Transit), gaz ("Sobol"), Lada 4X4 ("Bronto", "Urban"), 195/75R16C (Ford Tourneo Custon, Ford Transit, gaz Sobol, Lada 4x4 (Niva), Lada Bronto, Lada Urban), 165R13C (Hyundai Porter, Toyota HiAce, Ford) va 225/75R16C (Lada 4x4 (Niva), Ford, Hyundai) yengil yuk transporti shinalari o'zlashtirildi.

    Bundan tashqari qurolli kuchlardagi mavjud harbiy texnikalari uchun: UAZ Patriot, UAZ-452 va UAZ-469 rusumli avtomobillar uchun 225/75R16S va 225/70R15C o'lchamdagi shinalar joriy yilning fevral va aprel oylarida o'zlashtirilgan.

    "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ, "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ hamda Rossiyaning TSO RB – "TEP Injiniring" MCHJ korxonalari buyurtmasiga asosan yangi 5 turdagi, ya'ni 1600 ER 5 1600 6+2 D, 2M 1000 5 TLK-315 6+2 M-RB, 1.2 1400 4 TLK-315 10+4 ARB, 1.2 1000 5 TLK-200 6+2 B RB va 2SHTS (tg) — 1200/5-ER-350-4,5+3,5 konveyer tasmalari eksport uchun o'zlashtirildi.
Mahsulotlarning eksporti hajmini oshirish maqsadida, yangi turdagi 215/65R16 A/T, 215/65R16 M/T avtomobil shinalari va 185/75R16S yengil yuk transporti shinasi o'zlashtirilib eksportga yuborilgan.

    Bugungi kunda qish mavsumi uchun yangi 5 turdagi avtomobil shinalari bo'yicha o'zlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ushbu shinalar iyul oyining yakuniga qadar o'zlashtirilishi rejalashtirilgan.

    Ma'lumot uchun:
- 215/65R16 o'lchamdagi avtomobil shinasi (LADA 4X4, Chevrolet Niva, Chevrolet Tracker, Chevrolet Orlando, Mazda CX 30, Audi Q3, KIA Sonet, KIA K5);
- 205/55R16 o'lchamdagi avtomobil shinasi (BMW 1, 2 series, BYD e5, Chevrolet Cobalt, Chevrolet Onix, Chevrolet Optra, Hyundai Avante, KIA K3, Lada Largus, Lada Largus Kross, Lada Vesta, Opel Astra);
- 175/65R14 o'lchamdagi avtomobil shinasi (Chevrolet Spark, Hyundai i10, KIA Morning, Lada Granta, Lada Priora, Chevrolet Sail Life);
- 175/70R13 o'lchamdagi avtomobil shinasi (Matiz, Nexia, Spark, VAZ, Damas, Labo);
- 185/55R15 o'lchamdagi avtomobil shinasi (Nexia, Lada Granta, Lada X-RAY, KIA (RIO), Lada Vesta, Skoda Rapid) rusumli avtomobillar uchun foydalanish mumkin.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech