Yangi bozor uchun raqobatbardosh mahsulotlar
Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklarturasini kengaytirish maqsadida hamda talab va takliflardan kelib chiqib, yangi turdagi TMKЩ “Teplomorozokislotoщelochestoykaya” xususiyatiga ega boʻlgan konveyer tasmasini oʻzlashtirish uchun rezina retsepturasi boʻyicha bir qator oʻrganishlar olib borildi va yangi turdagi rezina retseptura yaratildi. Ushbu retseptura asosida tayyorlangan rezina namunasi laboratoriya sharoitida “GOST 7338-90” talab koʻrsatkichlari boʻyicha barcha sinovlardan oʻtkazildi va muvaffaqiyatli natijalarga erishildi.
Hozirda tuzilgan dastur asosida ushbu konveyer tasmani ishlab chiqarish boʻyicha ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.