Yana bir yangi mahsulotga muvofiqlik sertifikati olindi
Dunyo avtomobil sanoati kundan-kunga rivojlanib borayotgani hech kimga sir emas. Yangidan-yangi avtomobil modellari uchun shinalar ishlab chiqarishga boʻlgan talab kun sayin ortib bormoqda.
Korxonamizda ishlab chiqarilayotgan shinalar nomenklaturasini kengaytirish maqsadida bozor talabidan kelib chiqqan holda, yangi dizayn protektorlariga talab ortib borayotgani sababli, Muhandislik mahsulotlari boshqarmasi tomonidan joriy yilning sentyabr oyidan boshlab Kia Carnival Hi Limousine, FAW Besturn T77, Equinox, Captiva, Trailblazer kabi avtomobillar uchun barcha faslga moʻljallangan 245/60R18 oʻlchamdagi, modeli W2020 avtomobil shinasi ishlab chiqarishga oʻzlashtirildi. Ushbu shina uchun “Oʻzbekiston ilmiy-sinov sifat nazorati markazi” tomonidan muvofiqlik sertifikati olindi va ommaviy ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
Maʼlumot uchun:
Ushbu oʻlchamdagi avtomobil shinasi juda agressiv dizaynga ega protektor bilan jihozlangan boʻlib:
- yoʻldan tashqarida qoʻllaniladigan SUV va pikaplar uchun moʻljallangan;
- protektor namunasi har qanday yoʻl qoplamasida ishlashni taʼminlaydi;
-protektor konstruksiyasidagi ikki tomonlama bloklar yuqori tezlikda barqarorlikni taʼminlaydi va boshqaruv samaradorligini oshiradi;
- protektordagi davomiy ariqchalar akvoplaning va toshlarning protektorga yopishib qolishiga yoʻl qoʻymaydi.
Ushbu dizayn tashqi yukni, kontaktli yuza boʻylab teng taqsimlanishi bilan tavsiflanadi, bu esa oʻz navbatida, protektorning ishlash muddatini sezilarli darajada oshiradi.