Yana bir raqobatbardosh mahsulotga muvofiqlik sertifikati olindi

Ilgʻor texnika va texnologiyalardan foydalanish, materiallarning yangi turlarini yaratish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishdagi mahsulotlarning raqobatbardoshligini yuqori darajaga koʻtarish, ishlab chiqarishning boshqa bir qator texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini yaxshilash asosida uning samaradorligini oshirish bugungi kun sanoatining dolzarb vazifalaridandir.

Korxonamizda ishlab chiqarilayotgan shinalar nomenklaturasini kengaytirish maqsadida, hamda xaridorlar talabidan kelib chiqib, yangi dizayn protektorlariga talab ortib borilayotganligini inobatga olgan holda, (Trailblazer / Land Cruiser / Land Cruiser Prado / Lexus LX / Captiva) kabi avtomobillar uchun moʼljallangan barcha faslli 275/65R18 oʼlchamdagi modeli BR900 avtomobil shinasi ishlab chiqarishga oʼzlashtirildi. “Oʼzbekiston ilmiy-sinov sifat nazorati markazi” tomonidan muvofiqlik sertifikati olindi va ommaviy ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyildi.

Shina xarakteristikasi:

- Ushbu yangi dizayn protektor namunasi har qanday yoʼl qoplamasida ishlashni taʼminlaydi;

- 40/60 nisbatdagi avtomobil yoʻllarida va yoʻldan tashqarida qoʻllaniladigan SUV va pikaplar uchun moʻljallangan;

- Protektor konstruktsiyasidagi ikki tomonlama bloklar yuqori tezlikda barqarorlikni taʻminlaydi va boshqaruv samaradorligini oshiradi;

- Protektordagi davomiy ariqchalar akvoplaning va toshlarning protektorga kirib qolishiga yoʼl qoʼymaydi.

- Bunga qoʼshimcha ravishda, ushbu dizayn tashqi yukni kontaktli yuza boʼylab juda teng taqsimlanishi bilan tavsiflanadi, bu protektorning ishlash muddatini sezilarli darajada oshiradi.


Agar Sizda yuqoridagi shina mahsulotimizga qiziqish uygʻongan boʻlsa va savollaringizga batafsil javob olmoqchi boʻlsangiz, +998(90) 969-00-82 telefon raqami orqali biz bilan bogʻlaning. Hech bir qoʻngʻiroq javobsiz qolmaydi. Birgina qoʻngʻiroq orqali uzoq vaqtdan buyon orzu qilayotgan mahsulotga ega boʻlishingiz mumkin.

Ishonchli mahsulot va sifat uchun kafolat – bizdan, tanlash esa – sizdan!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech