Xodimlar o'rtasida shaxmat va shashka musobaqasi

Zavodning sport hayoti doimo zamon bilan hamnafas. An'anaviy tarzda shaxmat va shashka bo'yicha musobaqalar o'tkazilib, uchastka va bo'lim xodimlari ishtirok etib boradilar.

7-iyun kuni "Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJda "shaxmat" va "shashka"  bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tdi.

Turnir belgilangan Nizom va qoidalarga muvofiq bir necha soat davom etdi. Qizg'in kechgan musobaqada shashka bo'yicha g'oliblar aniqlandi:

1-o'rinO'rolbek G'ulomov (vulkanizatsiya uchastkasi);

2-o'rinNariman Qarshiboev (texnik xizmat ko'rsatish boshqarmasi);

3-o'rinDoston Usmonaliev (102-sex – avtomobil shinalari ishlab chiqarish).

Shaxmat bo'yicha 1-o'rinni Diler Shakirov (102-sex – avtomobil shinalari ishlab chiqarish) egalladi.

Musobaqa yakunida natijalar sarhisob qilinib, tadbir g'oliblariga esdalik sovg'alari va sertifikatlar topshirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech