Xizmat odobi kodeksi – xodimlar ish faoliyatida muhim oʻrin tutadi
“Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJda xodimlarni boshqarishda Xizmat odobi kodeksi muhim oʻrin tutadi. Xizmat odobi kodeksida – korxonada ishlayotgan har bir xodimga xizmat va odob-axloq qoidalari belgilab berilgan. “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJning xodimlar va hamkorlar oldidagi masʼuliyati va majburiyatlari ham oʻz aksini topgan.
Shuningdek, kodeksda xodimlarni korrupsiyaga qoʻl urmasligi hamda manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini keltirib chiqarmasliklari toʻgʻrisida ham tegishli tushunchalar berilgan.
Korxonada tashkil etilgan odob-axloq komissiyasi tomonidan haftada bir marotaba axloq-odob talablarini buzgan xodimlar boʻyicha murojaatlarni adolatlilik, halollik, qonuniylik, xolislik, ochiqlik va shaffoflik prinsiplariga asosan koʻrib chiqilishi yoʻlga qoʻyilgan.
Komissiya ishida manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini oldini olish maqsadida Komplaens xizmat vakili ishtiroki taʼminlagan.