Xalqaro hamkorlik samara bermoqda

    "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJda shinalarni "UzautoMotors" AJ talablari asosida omologatsiya qilish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Tovar ishlab chiqarishda standartlar va talablarga muvofiqligi hamda texnik kuzatuv ostida ishlab chiqarilishini ta'minlash uchun Xitoyning "Shandong LingLong Tyre" kompaniyasi bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.

    Buyurtmaga asosan korxonamizda Tracker va Onix avtomobillari uchun 4 turdagi shinalar ishlab chiqarildi. Ushbu shinalar korxonamizning sinov laboratoriyasida tekshirildi. Bugungi kunda shinalar Braziliya, AQSh va Xitoy davlatlariga xalqaro test sinovlaridan o'tkazilishi uchun yuborildi va sinov ishlari olib borilmoqda.

    Bundan tashqari Damas avtomobilining 1 turdagi shinalari yakuniy konstruktsiyasi aniqlab olindi.

    Iyul oyining o'rtasigacha yana 400 dona shinalar (LADA 4X4, Chevrolet Niva, Chevrolet Tracker, Chevrolet Orlando, Mazda CX 30, Audi Q3, KIA Sonet, KIA K5 rusumli avtomobillar uchun) ishlab chiqarish ko'zda tutilgan. Shinalar sinov uchun Xitoy, AQSh va Janubiy Koreya davlatlariga yuboriladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech