Yangi хodimlar uchun "Tanishtiruv kursi»

Joriy yilning 17-oktabr kuni “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda yangi ishga joylashgan va mehnat faoliyatini endigina boshlagan ishchi-xodimlar uchun maxsus tanishtiruv kursi olib borildi.

Ushbu tanishtiruv kursida korxonaning ichki kommunikatsiya ma’naviy-ma’rifiy va yoshlar ishlari bo‘yicha guruh rahbari B.Mamatov hamda mutaxassis D.Egamkulovalar xodimlarni qabul qilish va moslashtirish bo‘yicha mutaxassis M.Ismoilov bilan hamkorlikda korxona tarixi, faoliyati, ichki mehnat tartib-qoidalari va korxonaning maqsad va vazifalari to‘g‘risida tushuncha berib o‘tdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech