Korxona xodimlari farzandlarining “Afsona” oromgohidan qaytishi

Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining 2023-yil 27-iyuldagi 02/117-sonli “O‘zbekistan kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining 2023-yil 17-iyuldagi navbatdagi yig‘ilishi ijrosini taʼminlash maqsadida,  joriy yilning 19 avgust kuni “Birinchi rezinotexnika zavodi “MCHJ XK Kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida  korxonada ish faoliyatini olib borayotgan ishchi xodimlarni rag‘batlantirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida ularning farzandlaridan 22 nafari  Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Afsona” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida dam olish uchun yuborildilar. Bugun 31-avgust kuni mazkur dam olish oromgohida bo‘lgan  bolajonlar ko‘tarinki kayfiyatda ota-onalarining bag‘riga qaytib kelishdi. Ushbu oromgohda bo‘lgan farzandlarimiz ko‘zlaridagi quvonch, mamnunlik bilan dam olish chog‘idagi taasurotlarini to‘lib-toshib o‘z ota-onalariga so‘zlab berishdi. Zero, farzandlarning quvonchi ota-onalar uchun eng oliy tuyg‘u.

Shunday ekan, farzandlari oromgohda dam olib kelgan ota-onalar “Birinchi rezinotexnika zavodi “MCHJ XK Kasaba uyushma qo‘mitasi hamda rahbariyatga  minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech