“She’rxonlik kechasi”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusi ijrosini ta’minlash maqsadida «Birinchi rezinotexnika zavodi» MChJ XKda “She’rxonlik kechasi” tashkil etildi.

       Sherxonlik kechasini Bosh direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Baxtiyor Mamatov kitobga mehr qo’yish, ularning ma’naviy dunyoqarashini o’stirishda va xodimlarning bo’sh vaqtlarini o’tkazishda eng ishonchli do’st bo’lishi haqida gapirib, tanlovni ochib berdi.

         Ishtirokchilar o’z ijodlaridan hamda shoirlar ijodlaridan Vatan, ota-ona, muhabbat va hayot tarannumi aks etgan sheʼrlarni maroq bilan oʼqidilar. Ijodiy kecha hammada katta qiziqish uyg’otdi.

         Tanlov natijalariga ko’ra,

Fizik-mexanik  sinov va kimyoviy taxlil laboratoriyasi laboranti Kalbayeva Zumrad To’lqunovna  - oliy o’rin

Sifat nazorati bo'limi nazoratchisi Mamadaliyeva Jayrona Otabek qizi 1-o‘rinni qo’lga kiritishdi.

        Kechada faol ishtirok etgan gʻolib va sovrindorlar Mustaqillik bayramiga bag’ishlab o’tkaziladigan tantanali tadbirda taqdirlanаdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech