Vatan himoyachilari kuni

"Birinchi Rezinotexnika Zavodi" MChJda har yili 14 yanvar kuni nishonlanadigan erkaklar bayrami nishonlandi.
An'anaga ko'ra, shu kuni jamoaning erkaklari taqdirlanib, bayram tadbiri o'tkazildi.
Kun davomida korxonada: maxsus tayyorlangan konsert dasturi, nominatsiyalar bo'yicha eng yaxshilarni taqdirlash marosimi, bayram dasturxoni va esdalik sovg'alar taqdimoti bo'lib o'tdi.
14-yanvar chinakam mardlik, jasorat va or-nomus ramzi bo'lib, barcha yurtimiz himoyachilariga, barcha otalar, aka-ukalar, o'g'lonlarga hurmat-ehtirom bildiramiz. Zero, barchamiz bir maqsad – yaqinlarimiz boshi uzra osuda osmon bo'lishi uchun mehnat qiliyapmiz!
Bu bayram davlatimiz mustaqilligi, ona yurtdagi tinchlik va farovonlik oliy qadriyat bo'lgan, nafaqat qo'lida qurol, balki kundalik mehnati bilan ham O'zbekiston qudratini mustahkamlaydigan, mehnat qilayotgan barcha fuqarolarimizni birlashtiradi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech