Prezident qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qator investitsion loyihalar amalga oshiriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2023-2025-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-459-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ tomonidan 2023-2025-yillarda investitsion loyihalarni amalga oshirish boʻyicha bir qator ishlar olib boriladi.
“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ tomonidan yillik ishlab chiqarish hajmi 130 000 dona boʻlgan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar Vazirligining harbiy texnikalari, yuk avtomobili va avtobus shinalarini ishlab chiqarish” loyihasini amalga oshirish doirasida quyidagi tipdagi shinalarni ishlab chiqarish rejalashtirilgan:
- harbiy texnikalar uchun shinalar yillik ishlab chiqarish hajmi 25 000 dona (425/85 R21 tipdagi shina yiliga 20 000 dona, 13.00-18 tipdagi shina yiliga 5 000 dona);
- yuk avtomobillari uchun shinalar yillik ishlab chiqarish hajmi 55 000 dona (295/80R22 tipdagi shina yiliga 20 000 dona, 315/80 R22,5 tipdagi shina yiliga 20 000 dona, 12.00 R20 tipdagi shina yiliga 15 000 dona);
- avtobuslar uchun shinalar yillik ishlab chiqarish hajmi 50 000 dona (11 R22 tipdagi shina yiliga 15 000 dona, 215/75 R17,5 tipdagi shina yiliga 20 000 dona, 235/75 R17,5 tipdagi shina 15 000 dona).
Ushbu loyihani amalga oshirishdan maqsad, mamlakatimiz makroiqtisodiy barqarorlikning afzalliklariga ega boʻlib, amalga oshirilayotgan islohotlar bilan birgalikda, iqtisodiyotning turli sohalarida: yaʼni moliyaviy xizmatlar, qurilish, va turizm kabi imkoniyatlarni ochib beradi.
Eng asosiysi korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini koʻpaytirish va quvvatini oshirish orqali:
- 85 ishchi xodimga moʻljallangan ish oʻrinlari tashkil etiladi;
- Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanayotgan sanoat tarmoqlari ehtiyojlarini qondirish;
- Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar Vazirligi harbiy texnikalari, yuk avtomobillar va avtobus shinalarining importini kamaytirish;
- Harbiy texnikalar, yuk avtomobillari va avtobus shinalarini ishlab chiqarish orqali jahon bozoriga kirish va eksport hajmini oshirishga qaratilgan.
Natijada hozirgi kunda Respublika miqyosida harbiy texnikalar, yuk avtomobili hamda avtobuslar shinalarini ishlab chiqarish uchun yillik 429.7 mln.dollar miqdorida import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Hozirgi kunda “Oʻzkimyosanoatloyiha” AJ bilan hamkorlikda ushbu investitsion loyihani amalga oshirish maqsadida loyihaning “Texnik iqtisodiy asoslari” ishlab chiqilmoqda.