O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-yilligiga bag'ishlangan siyosiy ma'rifat soati o'tkazildi

Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ XKda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-yilligiga bag'ishlanib, korxona ishchi-xodimlari ishtirokida siyosiy ma'rifat soati o'tkazildi.

Mazkur tadbirda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilgan o'zgartirishlar, fuqarolarning huquq va erkinliklari, ta'lim, ijtimoiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy sohalarda yaratilgan imkoniyatlar bosqichma-bosqich tushuntirildi.

"Yurtimizda so'nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar asosiy mezoni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidir. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya inson huquqlarini oliy qadriyatga aylantirgan eng muhim huquqiy hujjatga aylandi. Chunki yangilangan qonunda inson huquqlariga oid normativlar uch yarim barobar ko'payganini ko'rish mumkin."

Bo'sh ish o'rinlari
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech