“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda “Kimyogarlar kuni” kasb bayrami munosabati bilan ishchi-xodimlar oʻrtasida “Zakovat” intellektual turniri oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20-yanvar 2022 yil, PQ-96-sonli “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi” qarori ijrosini ta’minlash hamda “Kimyogarlar kuni” kasb bayrami munosabati bilan "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJ XKda Kasaba uyushma qo‘mitasi  hamkorligida ishchi-xodimlar oʻrtasida “Zakovat” intellektual turniri oʻtkazildi.

Xodimlarning bilim va salohiyatlari sinalgan bellashuvda Rezina qorishmalari sexi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Gʻolib va sovrindorlar “Kimyogarlar kuni ” kasb bayramiga bag’ishlab o’tkaziladigan tadbirda taqdirlanadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech