“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda ayol ishchi-xodimlari oʻrtasida “Zakovat” intellektual turniri oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarori ijrosini ta’minlash hamda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kunini munosib kutib olish  maqsadida – "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJ XKda Kasaba uyushma qo‘mitasi  hamkorligida 2024-yil 4-mart  kuni ayol  ishchi-xodimlari oʻrtasida “Zakovat” intellektual turniri oʻtkazildi.

Xodimlarning bilim va salohiyatlari sinalgan bellashuvda Rezina qorishmalari ishlab chiqarish sexi hamda Sifat va  texnologiyalar bo‘limi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Gʻolib va sovrindorlar 8-mart bayramiga bag’ishlab o’tkaziladigan tadbirda taqdirlanadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech