Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan maʼnaviyat soati tashkil etildi

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ XKda korxona yongʻin xavfsizlik boʻlimi xodimlari ishtirokida gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan maʼnaviyat soati tashkil etildi.

Maʼnaviyat soatida yongʻin xavfsizligi boʻlimi boshligʻi A.Ismatillayev, Davlat tili va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha bosh direktor maslahatchisi B.Mamatov hamda korxona yongʻin xavfsizlik boʻlimi xodimlari ishtirok etishdi.

Unda Davlat tili va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha bosh direktor maslahatchisi Baxtiyor Mamatov ikki buyuk shoir va mutafakkir bobokalonlarimizning hayot va ijod yoʻli haqida tinglovchilarga maʼlumot berib oʻtdi.

Shuningdek, tadbirda yongʻin xavfsizlik boʻlimi xodimlari tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga mansub gʻazal va ruboiylardan namunalar ijro etildi. 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech